NYT: “Oreshnik” Yevropada qo'llanilgan eng uzoq masofaga mo'ljallangan qurol ekani aytildi

    Ukrainadagi “Yujmash” raketa zavodiga berilgan zarba Rossiyaning haqiqiy harbiy salohiyatini ko'rsatdi va Ukraina kuchlariga katta zarar yetkazdi, deydi professor Jeffri Lyuis.

    Rossiyaning “Oreshnik” o'rta masofali ballistik raketasi Yevropa qit'asidagi mojarolarda qo'llanilgan eng uzoq masofaga mo'ljallangan qurolga aylandi. G'arblik harbiy tahlilchilar shunday baho berdi, deb xabar beradi The New York Times gazetasi.

    “Oreshnik”ning Ukrainadagi “Yujmash” raketa zavodiga bergan zarbasi Rossiyaning “haqiqiy harbiy salohiyati”ni ko'rsatdi va Ukraina kuchlariga katta zarar yetkazdi, dedi AQShning Middlberi xalqaro tadqiqotlar instituti yadro qurolini tarqatmaslik dasturi direktori, professor Jeffri Lyuis.

    Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining raketaga qarshi mudofaa dasturi direktori, professor Tom Karakoning so'zlariga ko'ra, “Oreshnik” raketasining ajralib chiqadigan bir nechta jangovar kallaklarining katta tezligi tufayli “juda katta zarar” keltiradi. Bundan tashqari, bunday jangovar kallaklarni ushlab qolish “havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun shunchaki imkonsiz” bo'lib qoladi.

    21-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika va Britaniya raketalari yordamida Kursk va Bryansk viloyatlaridagi Rossiya harbiy ob'ektlariga qilingan hujumlarga javoban Moskva birinchi marta eng so'nggi mahalliy yadro bo'lmagan “Oreshnik” raketalarini Ukraina harbiy-sanoat majmuasi – Dneprdagi (oldingi Dnepropetrovsk) “Yujmash” zavodi obyektda qo'llaganini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    Rossiya yetakchisining ta'kidlashicha, G'arbning provokatsion siyosati mojaro yanada kuchaygan taqdirda uning uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.