Vertolyot bortida olti kishi, jumladan, uch nafar bola bo'lgan.
Favqulodda hodisa Nyu-Yorkning qarama-qarshi qirg'og'ida joylashgan Jersi-Sitida sodir bo'ldi.
Voyaga yetmagan yo'lovchilardan biri va uchuvchi suvdan chiqarib olingan.
Fox News NYning aniqlik kiritishicha, Bell 206 vertolyoti halokatga uchragan. Mahalliy ABC News telekanalining xabar berishicha, halokat mahalliy vaqt bilan taxminan 15:30 da yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bortda sayyohlar oilasi va uchuvchi bo'lgan.
Vertolyot havoda parchalana boshlagan va keyin daryoga qulagan. Olti kishining hammasi halok bo'ldi, deb xabar beradi 24.kg.