AVSning xabar berishicha, Nyu-Yorkning Manxetten tumanida ikki qavatli sayyohlar avtobusi va shahar yoʻlovchi avtobusi toʻqnashib ketdi.
Dastlabki xabarlarga qaraganda, halok boʻlganlar yoʻq, lekin 81 nafar yoʻlovchi turli darajada tan jarohati olgan. Ularning 63 nafariga shu joyda tibbiy yordam koʻrsatildi, 18 kishi esa kasalxonalarga joylashtirilgan.
Voqea guvohlarining taʼkidlashicha, toʻqnashuvga sayyohlar avtobusining yoʻlni qizil chiroqda kesib oʻtgani sabab boʻlgan.