Nyu-Yorkdan uchib kelgan fuqaroning sumkasidan oʻq otar qurolning oʻqlari topildi

    Xavfsizlik 10 Aprel 2025 857

    Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, “Toshkent Xalqaro Aeroportida“ Nyu-Yorkdan uchib kelgan fuqaroga tegishli boʻlgan bir dona qora rangli chemodan rentgen apparati orqali koʻzdan kechirilganda, undagi tasvirlar bojxona xodimlarida shubha uygʻotgan.

    Ushbu bagaj xolislar ishtirokida sinchkovlik bilan tekshirilganda, ichidagi kiyim-kechaklar orasidan 3 dona Belom yozuvli 7.6x39 kalibrli oʻq otar qurolining oʻqlari borligi aniqlangan.