Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, elektr stansiyasiga hujumda bir nechta dron ishtirok etgan. Taxminlarga ko'ra, ularning birinchisi mahalliy vaqt bilan soat 02:30 da hujum qilishga uringan.
Viloyat rahbari Vasiliy Golubevning so'zlariga ko'ra, podstansiyada yong'in boshlangan. Yong'in tufayli 330 kV yuqori voltli liniyalar – Tixoretskaya va Rostovskaya avtomatik ravishda o'chdi.
Hozirda iste'molchilarga elektr ta'minoti tiklandi. Davlat tuman elektr stansiyasining ikkita energetika bloki vaqtinchalik ishdan chiqarildi.
Dron hujumi haqidagi ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan, deb xabar beradi report.az.