OAV: Gaitidagi eng yirik qamoqxonadan mahbuslarning ommaviy qochib ketishi chog'ida o'n kishi halok bo'ldi

    Gaitidagi eng yirik qamoqxonadan mahbuslarning ommaviy qochib ketishi chog'ida o'n kishi halok bo'ldi. Bu hadqa Frans-Press agentligi xabar berdi.

    Avvalroq Métronome radiostansiyasi qurolli shaxslar tartibsizliklar ro'y bergan Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi milliy qamoqxonaga hujum qilgani va mahbuslarni ozod qilgani haqida xabar bergan edi.

    “Bir necha ming mahbusning qochishi paytida kamida o'n kishi halok bo'ldi”, deyiladi agentlik xabarida.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, hujumdan oldin qamoqxonada bo'lgan 3800 ga yaqin mahbusdan hozirda yuzga yaqini qamoqda qolmoqda.

    Gaiti o'nlab yillar davom etayotgan hamda 2021-yil iyul oyida Prezident Jovenel Moizning o'ldirilishidan keyin kuchaygan ijtimoiy-siyosiy inqirozni boshdan kechirmoqda. O'shandan beri rasmiylarning harakatsizligi tovlamachilik, to'lov evaziga odam o'g'irlash va mamlakatning barcha hududlarini, shu jumladan yoqilg'i terminallarini nazorat qilish bilan shug'ullanadigan uyushgan guruhlarning misli ko'rilmagan darajada kuchayishiga olib keldi, deb xabar beradi ria.ru.