OAV: Ibrohim Raisiy vertolyotining qulab tushgani baxtsiz hodisa

    Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisining vertolyot halokati bilan bog'liq tergov yakunlandi.

    Bu haqda Fars agentligiga eron razvedka xizmatlaridagi manba ma'lum qildi.

    “Xavfsizlik va razvedka xizmatlari batafsil tekshiruvni yakunladi va voqea tasodif ekanligi aniq”, dedi u.

    Uning sozlariga ko'ra, “Prezidentni olib ketayotgan vertolyotda xavfsizlik bayonnomalarida nazarda tutilganidan ikki nafar koproq odam bolgan va uchuvchi tumanni payqab, vertolyotni kerakli balandlikka olib chiqishga uringanida, vertolyotning bunga kuchi yetmagan va tuman tufayli ko'rish cheklangan sharoitda tog' bilan to'qnashuv sodir bo'lgan”.

    Ibrohim Raisiyning o'limidan so'ng razvedka xizmatlari kamida 30 ming odamni tekshirgan, bularning barchasi inson omili yo'qligini ko'rsatadi, deya qo'shimcha qildi agentlik manbasi. Uning so'zlariga ko'ra, meteorologlar ma'lumotlari asosida jo'nab ketish vaqti oldindan belgilangan, biroq prezidentning Ozarbayjon bilan chegaraga tashrifi kechiktirilgani bois, jo'nab ketish vaqtida ob-havo yomonlashgan. Razvedka xodimining so'zlariga ko'ra, “xavfsizlik choralariga ko'ra, vertolyotlarda GPS tizimlari o'rnatilmagan” va buzg'unchilik va samolyot elektronikasini tashqaridan buzishga urinishlar istisno qilingan. “Tergov shuningdek, vertolyotning qulashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy moddalar yoki xavfli moddalar mavjudligini ham aniqlamadi”.

    Keyinchalik Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonot bilan chiqdi. “Fars agentligining vertolyot halokatiga sabab bo'lgan omillardan biri xavfsizlik bayonnomalariga zid ravishda bortda yana ikki yo'lovchining bo'lgani, shu sababli vertolyot kerakli balandlikka erishish uchun yetarli quvvatga ega bo'lmagani haqidagi ma'lumot yolg'ondir”, deyiladi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi bayonotida. Boshqarma ommaviy axborot vositalaridan mudofaa va xavfsizlik mavzusidagi yangiliklarni chop etishni muvofiqlashtirishni, “tezkorlik uchun aniqlikni boy bermaslikni va dushmanlarga bundan foydalanib qolishga imkon bermaslikni” talab qildi, deb xabar beradi tass.ru.