Hozirda G'azo sektorida faqat “Naxal” piyodalar brigadasi qolgan, deyiladi Reuters va The Times of Israel xabarida. Ushbu tuzilmaga Netsarim yo'lagi bo'ylab to'siqsiz harakatlanishni ta'minlash vazifasi yuklatilgan, bu esa Isroil harbiylariga sektorning shimoliy va markaziy qismlarida reydlar o'tkazish imkonini beradi.

The Jerusalem Postning yozishicha, SAXAL harbiy operatsiyaning faol bosqichi tugaganini ma'lum qilgan. Nashr, shuningdek, qo'shinlarning olib chiqilishi AQSh Prezidenti Jo Bayden va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o'rtasidagi suhbatdan ko'p o'tmay sodir bo'lganini ta'kidlamoqda.

Avvalroq Netanyaxu garovga olinganlarni ozod qilmasdan turib, G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish mumkin emasligini aytgandi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh Prezidenti ma'muriyati ham xuddi shunday pozitsiyada, deb xabar beradi mir24.tv.