Jabrlanganlar bor, gap kamida 12 nafar odam haqida ketmoqda, ulardan ikki nafari og'ir ahvolda, deb xabar bermoqda CNN-turk telekanali.
Unga ko'ra, yong'in tushlik vaqtida tungi klubda ta'mirlash ishlari olib borilayotgan binoning yerto'lasida sodir bo'lgan. Yong'in sabablari o'rganilmoqda.
Yong'in tezda bir necha qavatni qamrab oldi. Qutqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, binoda odamlar bo'lishi mumkin. Qariyb ikki soat davom etgan yong'inni o'chirishga 80 ga yaqin o't o'chiruvchi va 30 ga yaqin texnika jalb qilindi, deb xabar beradi tass.ru.