ActuNiger portalining xabar berishicha, tabiiy ofat mamlakatning kuchli yomg'ir yoqqan g'arbiy hududlariga zarar yetkazdi.
Portal ma'lumotlariga ko'ra, qutqaruv ishlari boshlandi, qurbonlar soni aniqlanmoqda. Tillia hududida ikkita avtobus yo'lovchilari Telemses – Taxua trassasida suv ostida qolib, cho'kib ketdi. Mazkur yo'l bo'ylab bozorga yo'l olgan boshqa odamlar ham bedarak yo'qoldi. Ularning barchasini suv bosgan daryolarning kuchli oqimi olib ketdi. Omon qolganlar va qurbonlarni qidirish uchun mudofaa va xavfsizlik kuchlari, xususan jandarmeriya va milliy gvardiya otryadlari yuborildi.
Tabiiy ofatdan jabr ko'rgan hududlarda yo'llar yuvilib, qishloq xo'jaligi ekinlari nobud bo'ldi.
Umuman olganda, Nigerda ikki hafta oldin boshlangan yomg'irli mavsum kamida 94 kishining hayotiga zomin bo'ldi, 93 kishi jarohat oldi va 137 mingdan ortiq kishi jabrlandi.
Nigerdan tashqari, so'nggi kunlarda G'arbiy va Markaziy Afrikaning boshqa bir qancha mamlakatlarida, jumladan, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kot-d'Ivuar, Liberiya, Mali, Nigeriya, Togo va Chadda suv toshqini sodir bo'ldi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, jami 700 mingdan ortiq odam jabrlandi, deb xabar beradi tass.ru.