OAV: Nigeriyada 40 nafarga yaqin odam qulab tushgan bino vayronalari ostida qolib ketdi

    Nigeriya poytaxtida kamida 40 kishi qulab tushgan turar-joy binosi vayronalari ostida qolib ketdi. Voqea Abujaning Sabon-Lugbe hududida sodir bo'ldi.

    Bu haqda Nigeriyaning The Nation gazetasi xabar bermoqda.

    Qutqaruvchilar va ko'ngillilar vayronalarni tozalashmoqda. Besh kishi qutqarib olindi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qulagan bino hali to'liq qurilmagan.

    Erta tongda sodir bo'lgan voqeadan bir necha soat oldin Abujaning yana bir hududida – Kubveda uch qavatli turar-joy binosi qulab tushgan. To'rt kishi qutqarib olindi, deb xabar beradi report.az.