Bu haqda NBC News manbalarga tayanib xabar berdi.
Unga ko'ra, AQSh janubiy qo'mondonligi harakat variantlari ustida ishlamoqda. Qayd etilishicha, Panama bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish ham, ehtimoli kamroq bo'lsa-da Atlantika va Tinch okeanlari orasidagi kanalni majburan tortib olish ssenariysi ham bular qatoriga kiradi.
Telekanal suhbatdoshlari ta'kidlaganidek, harbiy kuch ishlatish ehtimoli Panama tomonining harbiy idoralar o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligiga bog'liq.
Manbalarning ta'kidlashicha, Tramp ma'muriyatining maqsadi go'yoki Xitoyning Panama kanali ma'muriyatiga ta'sirini kamaytirishdir. Suhbatdoshlardan biriga ko'ra, AQSh janubiy qo'mondonligi rahbari admiral Elvin Xolsi shu haftada mudofaa vaziri Pit Xegsetga turli variantlar loyihalarini taqdim etgan.
Pentagon rahbarining Panamaga tashrifi aprel oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Boshqa variantlar orasida Amerika kemalarining bo'g'oz orqali xavfsiz o'tishini ta'minlash yoki AQShning unga egalik huquqini to'liq tiklash kiradi. Bundan tashqari, Amerika qo'shinlari tomonidan Panamaning mavjud bandargohlari ustidan nazorat o'rnatish, shuningdek, AQSh armiyasi Quruqlikdagi kuchlar Muhandislar korpusi tomonidan ushbu mamlakat hududida yangi bandargohlar qurish masalasi ko'rib chiqilmoqda, deb xabar beradi report.az.