OAV: Shimoliy Koreya kemaga qarshi raketaning yangi turini sinovdan o'tkazdi

    KXDR hukumati chorshanba kuni mamlakat harbiy-dengiz kuchlari tomonidan qo'llaniladigan yangi turdagi “yer-kema” raketasi Padasuri-6ni sinovdan o'tkazdi, deb xabar berdi KXDR Markaziy telegraf agentligi.

    “Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat ma'muriyati raisi Kim Chen In 14-fevral kuni bo'lib o'tgan “yer-kema” sinfidagi yangi turdagi “Padasuri-6” raketasining baholash sinovlarini nazorat qildi”, deyiladi agentlik saytida.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, raketalar Yapon dengizi uzra 1400 soniyadan ko'proq (23 daqiqa 20 soniya) uchib o'tgan va qayiqni nishonga olgan. Qayd etilishicha, Kim Chen In, ayniqsa, mamlakat chegara suv havzalarida harbiy tayyorgarlikni kuchaytirish bo'yicha buyruq bergan.

    Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi 14-fevral kuni KXDR Yaponiya dengizida bir nechta noma'lum qanotli raketalarni uchirganini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.