AQSh Prezidenti Donald Trampning Ukrainani tartibga solish bo'yicha rejasi o't ochishni to'xtatish kelishuviga rioya etilishini ta'minlash uchun Ukrainaga Yevropa qo'shinlarini joylashtirishni o'z ichiga olishi mumkin, deb yozadi New York Post AQSh ma'muriyatining yuqori martabali vakiliga tayanib.
“Kiyev va Moskva reja bo'yicha ichki munozaralar olib borayotgan bir paytda shartlar hali yakuniy bo'lsa-da, yuqori martabali ma'muriyat amaldorlaridan biri, agar o't ochishni to'xtatishga erishilsa, Ukrainaga Yevropa kuchlarining kiritilishini ham o'z ichiga olishi mumkinligini aytdi”, deb yozadi gazeta.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda o'zaro to'qnashuv chizig'ini kuzatish va o't ochishni to'xtatishni ta'minlash uchun Rossiya, Ukraina va uchinchi, NATOga a'zo bo'lmagan davlat ishtirokida qo'shma komissiya shaklida alohida tinchlikparvar kuchlarni kiritish masalasi ham muhokama qilinmoqda, deb xabar beradi ria.ru.