Bu haqda dushanba kuni Sinxua xabar berdi.
“XPENGning uchar avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha sho'ba korxonasi XPENG AEROHT kompaniyasining buyurtmasiga binoan qurilgan ishlab chiqarish bazasi dunyodagi birinchi uchar avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarish zavodi bo'ladi”, deyiladi xabarda.
Iyul oyida XPeng kompaniya Guanchjou sanoatni rivojlantirish zonasi bilan Xpeng Aeroht uchar avtomobil loyihasi bo'yicha sarmoya va hamkorlik bo'yicha shartnoma imzolaganini ma'lum qilgan edi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, dastlab zavodda uchar modullar ishlab chiqariladi.
“Sinxua” agentligining ma'lum qilishicha, loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming donani tashkil etadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, modulli uchar avtomobilning narxi 1 million yuandan 2 million yuangacha (138-276 ming dollar) bo'ladi. Kompaniya 2025-yilning to'rtinchi choragidan boshlab mazkur avtomobillarni mijozlarga yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi ria.ru.