Aholi bu yerga koʻchib kela boshlagach, infratuzilma obyektlariga ehtiyoj seza boshlagan boʻlsa, aholi tomonidan eng koʻp murojaat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish, shu yerlik bolajonlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish boʻyicha boʻlgan.

4 milliard 13 million soʻm mablagʻ evaziga 120 oʻrinli 2 qavatdan iborat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan ish boshladi. Bugun “Yoshlik” aholi manzilidagi ota-onalarning, ayollarning quvonchi cheksiz.

Hudud 2022-yilda “Obod qishloq” dasturiga kiritilib ichki tuproq yoʻllar shagʻallashtirildi, toza ichimlik suvi tortildi. Shuningdek, elektr energiyasi yaxshilanib, piyodalar yoʻlakchasi va tungi yoritgichlar oʻrnatildi. Bularning barchasi xalqimizning roziligi va farovonligi yoʻlida olib borilayotgan ezgu ishlardir.