Qoʻngʻiroqlarga javob beruvchilar — oddiy operatorlar emas, aksincha sogʻliqni saqlash tizimining eng yetakchi muassasalarida faoliyat koʻrsatuvchi malakali va tajribali mutaxassislar.
1295 qisqa raqamli “Call-markaz”ning ish jarayoni shunday tigʻiz. Qolaversa, yoʻllanayotgan gʻoya, taklif va muammoli masalalar ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan elektron manzillar orqali ham qabul qilinyapti.
Prezidentimizning sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan “Oʻzbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida boʻlib oʻtadigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni ayni paytda shunday qizgʻin pallaga kirgan.
Oʻtgan qisqa davrda uning doirasida jami 4514 ta murojaat kelib tushgani soʻzimizning tasdigʻidir.
Yoʻllanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab olyapti. Jumladan,
1309 tasi sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻiniga,
218 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga,
188 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
102 tasi oliy tibbiy taʼlimga daxldor.
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Agar tibbiyot sohasiga oid gʻoya va takliflaringiz boʻlsa:
1295 raqamli “Sall-markaz”;
telegramdagi @SSV_Call_centre_bot
feysbukdagi www.facebook.com/Insonqdriuchunssv
instagramdagi https://www.instagram.com/inso... hamda
insonqadriuchunssv@mail.ru
elektron manzillariga yoʻllang va mamlakatimiz tibbiyotini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga oʻz hissangizni qoʻshing.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.