Bugungi kunga kelib 830 mingga yaqin nomzod vakant lavozimlar ochiq tanlovlarida qatnashdi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.
Joriy yilning 30 may soat 14:30 holatiga ko'ra, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali— vacancy.argos.uz platformasiga ulangan tashkilotlar soni 14 137 tani, tanlov jarayonlari davom etayotgan vakansiyalar 13 481 tani tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar portal orqali e'lon qilingan ochiq tanlovlarda 827 752 nafar nomzod qatnashgan bo'lib, ulardan 31 584 nafari davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan.
Ayni paytda portalda 216 396 nafar fuqaro o'z rezyumesini shakllantirgan.