Adliya vazirligi Ochiq maydonlarda o‘rnatiladigan monitor, sunʼiy archa va boshqa vaqtinchalik inshootlarni o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3805, 03.04.2026 y.).
Vaqtinchalik inshootlar faqat malakali mutaxassislar tomonidan o‘rnatiladi.
Vaqtinchalik inshootlar loyiha hujjatlari asosida quriladi.
Vaqtinchalik inshootlar shamol, yomg‘ir va zilzila kabi holatlarga bardosh beradigan bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik inshootlardagi yo‘laklarning uzunligi 30 m ortiq bo‘lsa, ushbu yo‘laklarning kengligi 1,6 m bo‘lishi kerak, agar yo‘laklarning uzunligi 30 m kam bo‘lsa, unda ushbu yo‘laklarning kengligi 1.2 m bo‘lishi lozim.
Vaqtinchalik inshootlarda odamlar o‘tiradigan qatorlardan chiqish bir tomonlama bo‘lganda, ulardagi o‘rindiqlar soni qatorlardan chiqish ikki tomonlama bo‘lganda, ulardagi o‘rindiqlar soni 50 tadan oshmasligi kerak.
Vaqtinchalik inshootlardagi odamlar o‘tiradigan orqa va old qatorlar orasidagi masofa 0.45 mdan ortmasligi va qatorlar oralig‘ida yo‘laklarning kengligi kamida 0.9 m bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik inshootlardagi metallar zanglashga qarshi, yog‘ochlar esa olovga qarshi ishlov berilgan bo‘lishi zarur.
Vaqtinchalik inshootlarda xavfsizlik belgilari (“Ehtiyot bo‘ling, elektr xavfi!”, “Evakuatsiya yo‘li” va boshqalar) o‘rnatilishi kerak.
Shu bilan birga, vaqtinchalik inshootlarda evakuatsiya yo‘llari (chiqish yo‘llari) majburiy bo‘ladi hamda odamlar uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi va ular favqulodda vaziyatlarda tez chiqib ketish imkoniyati taʼminlanadi.