Odam savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi

    Voqea-hodisalar 11 Iyun 2025 544

    U ushbu jinoyatni sodir etib, Turkiyada uzoq vaqt yashirinib yurgan.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekistondagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida, Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan Oʻzbekiston fuqarosi (ayol) Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

    Jinoyatchi ayol sotish va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maosh vaʼda berib, ularni Turkiyaga olib kelgan va qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan.

    Ikki davlatning Interpol milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi hamjihatlik va tezkor hamkorliklari tufayli muvaffaqiyatli qoʻshma faoliyatning ibratli namunasi yuzaga keldi.

    Hozirda Oʻzbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish boʻyicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda.