Odam savdosida gumonlangan ayol Ummondan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

    Xavfsizlik 5 Oktabr 2023 667

    Gumonlanayotgan shaxs qizlarni chet elga olib kelgan va u erda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qoʻyib, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi.

    Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.

    Qidirilayotgan shaxs 2022-yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va goʻzal hayotni vaʼda qilib, qizlarni chet elga olib kelgan va u erda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qoʻyib, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qilganlar.

    Jinoyatchini qoʻlga olish va Oʻzbekistonga ekstraditsiyasini taʼminlash Toshkent va Maskat Interpol Milliy markazi byurolari oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.