Unda yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Ahmedov Odil Alimjanovich OʻFA vitse-prezidenti lavozimi hamda OʻFA Ijroiya qoʻmitasining aʼzoligiga tasdiqlandi.
Shuningdek, OʻFA Ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga quyidagilar tasdiqlandi:
• Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shaabduraxmonov Rustam Mavzurovich,
• Oʻzbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri birinchi oʻrinbosari Karimov Avaz Qudratullayevich,
• “Oʻzbekneftgaz” Aksioner Jamiyati Boshqaruv raisi Abdullayev Mehriddin Razzoqovich,
• Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kamilov Kozimjon Fozilovich,
• Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Xodjayev Alisher Joʻrakulovich.