Oʻzbek futbolining peshqadami, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov endilikda oʻz faoliyatini Xitoy Superligasi vakili “Sanchjou Mayti Layons” klubida davom ettiradi.

Tajribali futbolchimiz Sanjou shahri jamoasi safida “Sindao Xuanxay”ga qarshi dastlabki bahsda maydonga tushishi mumkin.

Maʼlumot uchun aytish joizki, Xitoy chempionati 20-aprelda start oladi. Zero odil ahmedovning muxlislari uchun uning qayerda, qaysi jamoada toʻp surishi albatta qiziq.