Unga koʻra, hamyurtimiz 11-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etiladigan RCC Boxing professional boks oqshomida ringga koʻtariladi. Aslonovga shu kuni rossiyalik Rafi Xchoyan (2-1-1) raqiblik qiladi. Jang 8 raund etib belgilangan.
Eslatib oʻtish joiz, Odiljon soʻnggi jangini shu yilning 8-sentyabr kuni Erik Katompaga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongan edi. 26 yoshli Rafi Xchoyan esa soʻnggi bor 17-avgust kuni Ilya Ochkin bilan jang qilib, gʻalaba qozongandi.