Respublikamiz aholi turar joylarida va xalq xo'jalik tarmoqlarida hamda yon atrofidagi asosan yozgi mavsumda yong'in chiqishiga sabab bo'luvchi omillar qurib qolgan o't o'lanlar yong'in chiqish xavfini kuchaytiradi olovdan foydalanilayotganda yo'l qo'yilayotgan etiborsizlik va ayniqsa fuqarolarning yong'in xavfsizligini ta'minlash borasida loqayd bo'lishlari sabab bo'lmoqda.

O'chirilmagan sigaret, nazoratsiz qoldirilgan bolalarning gugurt o'ynashi boshqa sabablarga ko'ra ularning yonib tevarak atrofdagi binolarga o'tib ketish xolatlari kuzatilmoqda.

Ushbu noxush holatlarni oldini olish maqsadida Sizlardan shuni so'rab qolamizki o'z uyingizda va yon atrofida quyidagi yong'in xavfsizligi meyor qoidalariga rioya qiling.

Gugurt va alangalanuvchi moddalarni yosh bolalardan uzoqda hamda ko'rinmaydigan joylarda saqlang. Bolalarning gaz moslamalaridan foydalanishga ruxsat bermang, yosh bolalarni uyda yolg'iz qoldirmang.        

O`z uylaringiz atrofida yig'ilib qolgan qurigan o'tlarni yig'ishtirib olish maxsus transport vositalari yordamida chiqida xonalariga jo'nating. O'z uyingiz  atrofida yong'in o'chirish avtoulovlarini, o'tish yulaklarni turli xil to'siqlar bilan to'sib qo'ymang.

Aziz yurtdoshlar yong'in qoidalariga rioya qilish bilan, Siz o'z uyingizni, oilangizni, yosh bolalaringizni ofatdan saqlagan va shaxrimiz chiroyiga o'z xissangizni qo'shgan bo'lasiz.

 Jasurbek  Egamnazarov, 

Mirobod  tumani  Favqulodda  vaziyatlar  

bo`limi  PvaNB  mutaxassisi  oddiy askar