Ofitserlar uchun munosib tuhfa

    Madaniyat 12 Yanvar 2022 2735

    O'zbek Milliy Akademik drama teatrida “Sadoqat bilan...” (Ofitserlar) dramasining keng jamoa ko'rigi bo'lib o'tdi.

    Dramaturg Nurillo Abbosxon qalamiga mansub mazkur asarni ustoz sanʼatkor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Marat Azimov sahnaga olib chiqdi.

    Taqdimotda Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov, teatr mutaxassislari va nazariyotchilari, Teatr Arboblari uyushmasi raisi va aʼzolari, ustoz sanʼatkorlar, professor ustozlar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

    Koʻrikda soʻzga chiqqan har bir teatr mutaxassisi spektaklning yutuqlarini eʼtirof etish bilan birgalikda, ayrim kamchiliklarni ham tilga olib oʻtdilar. Ish yanada chiroyli tus olishida oʻrtaga tashlangan takliflar inobatga olinsa, spektakl Vatan himoyachilari kuniga munosib tuhfa ekanligi yana bir karra eʼtirof etildi.