O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 17-fevral bojxona ma'murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korruptsiyadan xoli tizimga aylantirish bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishda yoshlarni bojxona organlariga qiziqtirishni eng avvalo maktabdan boshlash yuzasidan berilgan muhim topshiriqlar ijrosi doirasida Joriy yilning 16 mart kuni Bojxona institutida tahsil oluvchi kursantlar va o'qituvchilar ishtirokida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 254-sonli umumta'lim maktabida uquvchi-yoshlar bilan “Ofitserlik mardlar kasbi!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o'quvchilarga institut xodimlari tomonidan o'qotar qurollarni tuzilishi va jangovar imkoniyatlari, tankka va piyodalarga qarshi minalar xususiyatlari, saf tayyorgarligi mashg'ulotlari, qo'l jangi, karabinchilar chiqishlari, pnevmatik to'pponchadan o'q otish va avtomatni qismlarga ajratish va qayta yig'ish mashg'ulotlarini o'quvchilarga ko'rsatib o'tilib, Bojxona institutining bqtidorli kursantlaridan tarkib topgan Karabinchilar guruhi va qo'l jangi guruhi o'zlarining chiqishlarini yig'ilganlarga havola etdi.