Bugun OFK kubogining pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qur'a natijalariga ko'ra, Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi 17 avgust kuni Tojikistonda “Xo'jand”ga qarshi maydonga tushadi. Agar “So'g'diyona” mezbonni mag'lub eta olsa, 6 yoki 7 sentyabr` kuni Honkongda “Istrn Long Layns” bilan to'qnash keladi.
Jizzaxliular yarim final yoki finalga qadar etib borsa, mazkur o'yinlar O'zbekistonda bo'lib o'tadi.