Dastlab ijod maktabi oldida joylashgan, yangilangan Ogahiy uy muzeyi bilan, soʻngra Ogahiy ijod maktabida oʻquvchilarning bilim olishlari, yashashlari, ijod qilishlari borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar va bu ularda katta taassurot qoldirdi.
Shundan keyin Ogahiy ijod maktabining “Isteʼdodlar markazi”da ikki taʼlim muassasasi oʻzaro hamkorligining asosiy yoʻnalishlari, amalga oshiriladigan ishlar koʻlami va ahamiyati muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayevlar oʻzaro Hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Shartnomaga koʻra, birgalikda Ogahiy hayoti va ijodini oʻrganish va targʻib qilishda ilmiy-tadqiqot va madaniy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish, maktab oʻqituvchilari va universitet professor-oʻqituvchilari bilan, shuningdek, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy maqolalar chop qilish, konferensiya, uchrashuv, koʻrik-tanlov va “Mahorat darslari”ni tashkil qilish, “Ogahiy hayoti va ijodi-yoshlar tarbiyasi uchun namuna” yoʻnalishidagi yoʻl xaritasida belgilangan ishlarni bajarishda maktab oʻqituvchi va mutaxassislarini jalb qilish va boshqa masalalar boʻyicha kelishib olindi.