Ekspozitsiyadan ilm-fan, ishlab chiqarish, madaniy hayotimizning taniqli, oddiy vakilai portretlari, sharq ayollari, SHarq kulolchiligidan lavha — suratlar o'rin olgan. Davra suhbatida ta'kidlanganidek, ularda insonga nsbatan hurmat, ichki ruhiy dunyosini anglash sirlariga mehr bilan e'tibor qaratgan.
Rassom 1922-yilda tug'ilgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi.
Rassomning asarlari O'zbekiston Davlat san'at muzeyida, Tret`yakov davlat galereyasida, London Milliy muzeyida, Moskvadagi Sharq xalqlari san'at davlat muzeyi va boshqa muzeylarda saqlanmoqda.
Hasan Abdunazarov