Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur xalqaro musobaqa 28-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro musobaqada 40 dan ortiq davlatdan taniqli og‘ir atletikachilar ishtirok etish istagini bildirdi. Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish borasida xorijlik taniqli hakamlar va mutaxassislar jalb etiladi.
Ushbu musobaqada munosib ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham tayyorgarlik jarayonida faol qatnashmoqda.