Qayd etilishicha, U-20 yosh toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz, terma jamoamiz aʼzosi Diyorbek Roʻzmetov bahslarning -71 kilogramm vaznida dast koʻtarishda 142 kilogramm, siltab koʻtarishda 177 kilogramm va ikki kurash natijasiga koʻra, 319 kilogramm toshni boʻysundirgan holda Osiyo chempionatining 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga sazovor boʻldi.
Shuningdek, ushbu vaznda isteʼdodini namoyish etgan yana bir yosh sportchimiz Boburmirzo Yoqubov dast koʻtarishda 139 kilogramm bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.








