Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, biroz avval qizlar oʻrtasidagi - 71 kilogramm vazn toifasida A guruhi bahslari yakunlandi. Unda terma jamoamiz aʼzolaridan Dilnoza Fayzullayeva va Gulshodaxon Dadamirzayeva ishtirok etdi.
Dast koʻtarish mashqida Dilnoza Fayzullayeva oʻzining barcha urinishlaridan unumli foydalandi (76, 80 , 82 ) va natijada kumush medalga ega chiqdi.
Siltab koʻtarish mashqida esa Gulshodaxon Dadamirzayevaga omad kulib boqdi, u 97 kilogramm vaznni oʻziga boʻysundirib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Fayzullayeva siltab koʻtarish mashqida sovrinli oʻrinlardan quruq qoldi.
Shunga qaramay ikkikurash natijasiga koʻra, Dilnoza Fayzullayeva bronza medali sohibasiga aylandi. Natijada Dilnoza Fayzullayeva 1 ta kumush va 1 ta bronza hamda Gulshodaxon Dadamirzayeva 1 ta kumush medalni mamlakatimiz sport delegatsiyasi hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Maʼlumot uchun: ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 25-iyulga qadar davom etadi.









