Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, ushbu chempionatda yurtimiz sharafini umidli 4 nafar oʻsmir sportchimiz himoya qiladi.

Jumladan, Diyorbek Ermatov 73 kilogramm vazn toifasida, Abrorbek Maʼrufbekov 96 kilogramm vazn toifasida, Qudratbek Salimjonov 102 kilogramm vazn toifasida bahslarda ishtirok etadi.

Shuningdek, qizlar oʻrtasidagi bahslarda -76 kilogramm vazn toifasida Nigora Suvonova ham yurtimiz sharafini himoya qiladigan boʻldi.