Shundan 73 nafarini erkaklar, 68 nafarini esa ayollar tashkil etdi. Sportchilar 10 tadan vazn toifasida bellashdi.
Chempionatda mezbonlar toʻliq tarkib bilan qatnashdi (10 nafardan erkak va ayol). Toshkent, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi erkaklar jamoasi toʻliq 10 nafar sportchidan iborat boʻldi.
Medallar jamgʻarishda mezbon Xorazm viloyati vakillari jami 12 ta medal (5 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) bilan 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrinni umumiy 6 ta medal (5-1-0) bilan Toshkent viloyati sportchilari band etgan boʻlsa, kuchli uchlikni 6 ta medal (2-3-1) bilan Buxoro viloyati sportchilari yakunladi.
Oʻzbekiston ogʻir atletika Federatsiyasi matbuot xizmati