12-17-sentyabr kunlariga moʻljallangan musobaqaning kechagi kun bahslari Osiyo rekordi yangilangani bilan yodda qolarli boʻldi.
Jumladan, Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, erkaklar oʻrtasida -61 kilogramm vazn toifasida bahslarga kirishgan Diyorbek Roʻzmetov dast koʻtarish mashqida 120 kilogramm, siltab koʻtarishda esa 138 kilogramm, ikki kurash natijasiga koʻra 258 kilogramm natijani qayd etib, musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Bu bilan xorazmlik sportchi dast koʻtarish mashqida Osiyo rekordini ham yangiladi. Amaldagi rekord boshqa bir hamyurtimiz Husinboy Matrasulovga tegishli edi. Xususan, 2021-yil Birlashgan Arab Amirliklarining Jidda shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida vatandoshimiz 119 kilogramm toshni oʻziga boʻysundirishning uddasidan chiqqan edi.