Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, - 73 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Diyorbek Ermatov 3 bor shohsupaga koʻtarildi. Hamyurtimiz oʻzining sevimli dast koʻtarish mashqida qozogʻistonlik Yedige Yemberdi bilan murosasiz raqobat olib bordi.
Afsuski, ushbu kurashda polvonimiz 1 kilogramm tafovut bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi. Siltab koʻtarish mashqida jahon rekordini qayd etgan Yemberdi raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi. Ushbu mashqda Ermatov bronza, ikki kurashda esa kumush medali bilan taqdirlandi.
Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati:
Yigitlar, -73 kg:
1. Yedige Yemberdi (Qozogʻiston) – 306 (134+172) kg
2. Diyorbek Ermatov (Oʻzbekiston) – 290 (133+157) kg
3. Brayan Ibanes (Kanada) – 288 (132+156) kg