Ogʻir atletikachilarimizdan oltita medal

    Hindistonda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining kechagi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

    Unda yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.

    -55 kilogramm vazn toifasidagi oʻsmir qizlar bahsida ishtirok etgan Ziyoda Xudoyqulova dast koʻtarish mashqida 78 kilogramm bilan oltin, siltab koʻtarishda 88 kilogramm hamda ikki kurash boʻyicha 166 kilogramm bilan bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Shuningdek, ushbu vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi musobaqada Nigora Abdullayeva dast koʻtarishda 80 kilogramm, siltab koʻtarishda 101 kilogramm va umumiy hisobda 181 kilogramm natija koʻrsatib, uchta kumush medalni qoʻlga kiritdi.