Ayni hududga Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov tashrif buyurib, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla hududida joylashgan Sardoba-1 qishlogʻidagi obodonlashtirish ishlarining borishi, aholi xonadonlarining sanitariya holatlarini yaxshilash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan ishlarni koʻzdan kechirdi. Qishloqdagi saxovatpesha va tashabbuskor homiylar tomonidan olib borilgan keng koʻlamli loyihalar ijrosi bilan tanishdi.
Vazir R.Mamatov “Boʻzachi” mahallasi raisi G. Narziyeva hamda mahalla raislari oʻrinbosarlari bilan suhbat oʻtkazib, hududdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlarni yana-da faol tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, aholi murojaatlari asosida aniqlangan mavjud muammolarni tez fursatda bartaraf etish boʻyicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga zarur topshiriqlar berdi.
Tashrif davomida Qorovulbozor tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Sh.Raxmonova tomonidan tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan amaliy yordam tafsilotlariga bagʻishlangan taqdimot namoyish etildi.