Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida og‘ir kasallikka chalinib, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan samarqandlik hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi.

Vladivostok shahrida faoliyat yuritib kelayotgan «Vostok-Buxara» mas'uliyati cheklangan jamiyati moliyaviy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasining tashkiliy-huquqiy yordami bilan Vladivostok-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha tashkillashtirilgan charter reys orqali bepul O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.