Oqibatda 3 kishi voqea joyida vafot etgan, bir kishi tuproq ostidan chiqarib olinib, Qoʻngʻirot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻngʻirot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

“Qoraqalpoq suv taʼminoti” MCHJ axborot xizmati xabariga koʻra, ushbu fuqarolarning 3 nafari maktab oʻquvchilari boʻlgan. Ular shu kuni tonggi soat 4:00-4:30 atrofida diametri 300 mm boʻlgan choʻyan quvurni noqonuniy tarzda sindirib olib ketmoqchi boʻlganda, yogʻingarchilik tufayli yumshab qolgan tuproq ostida qolishgan.

3 kishi voqea joyida vafot etgan boʻlsa, bir kishi qochib ketgan va keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bu kabi mudhish holatlarning oldini olish maqsadida farzandlaringiz xatti-harakatlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.