Qayd etilishicha. telegram messenjerining turli kanal va guruhlarida "27 yillik Korzinka sovgʻasi" mazmunida tarqatilayotgan soxta havola boʻyicha sizning akkauntingizni egallab olish maqsadida sizga "Pozdravlyayem! Podrebitelskiye podarki k 27-letniyu Korzinki" havolasini yuborishadi.
Agar siz yutuqli oʻyinni oʻynasangiz birinchi urinishda yutqazasiz. Ikkinchi urinishda esa siz yutasiz. Sovgʻani olish uchun esa havolani "Telegram" yoki "WhatsApp" messenjeri orqali 5 ta guruh yoki 20 ta tanishingizga yuborishingiz kerak boʻladi. Qarabsizki, sizning akkauntingiz firibgar boshqaruviga oʻtadi va nomingizdan xabar tarqaladi va akkauntingizdan sizni chiqarib yuboradi.
Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga joʻnating va ular ham ogoh boʻlishsin, deyiladi. xabarda. Shuningdek, bunday firibgarliklardan himoyalanish uchun ikki bosqichli autentifikatsiyani oʻrnatish, sms xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmaslik, messenjerning "qurilmalar" boʻlimidagi "Faol seanslarni" tekshirish, boshqa qurilmalar faoliyatini toʻxtatish soʻraladi.