Ohangaron shoh koʻchasida yer usti piyodalar oʻtish yoʻlaklari qurilishi boshlangan

    Toshkent halqa avtomobil yoʻlining 42–47 km qismida 4 ta zamonaviy yer usti piyodalar oʻtish yoʻlaklari qurilishi rejalashtirilgan.

    Ohangaron shoh koʻchasida yer usti piyodalar oʻtish yoʻlaklari qurilishi boshlandi. Bu haqda Yashnobod tumani hokimligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Toshkent halqa avtomobil yoʻlining 42–47 km qismida 4 ta zamonaviy yer usti piyodalar oʻtish yoʻlaklari qurilishi rejalashtirilgan.

    Ushbu inshootlar aholining xavfsiz yurib oʻtishini taʼminlaydi, transport oqimini yaxshilaydi va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi, shu bilan birga qurilish ishlari doirasida yoʻl boʻyida joylashgan ayrim sogʻlom boʻlmagan daraxtlar, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining tegishli ruhsatnomasi va nazorati ostida boshqa joyga koʻchrilishi va oʻrniga yangi daraxtlar, koʻchatlar ekilmoqda.