Qayd etilishicha, 2023-yil 14-avgust kuni soat tahminan 07:00 larda Ohangaron tumani xududida kesib oʻtuvchi "Olmalik-Toshkent ” avtomobil yoʻlining 25-km.da, haydovchi 1992-yilda tugʻilgan K.X.  boshqaruvidagi "Matiz" rusumli transport vositasida Olmaliq-Toshkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtida oʻzi bilan bir yoʻnalishda ketayotgan  haydovchi 1976-yilda tugʻilgan J.S boshqaruvidagi  “SINOTRUK" rucumli yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilib yoʻl transport hodisasi sodir etgan.   

 Natijada"Matiz" rusumli, avtomashina xaydovchisi K.X. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

 Mazkur holat yuzasidan Oxangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.