Haydovchi D.B. boshqaruvidagi Cobalt avtomobili harakatlanayotgan vaqtda, yoʻlning mumkin boʻlgan qismidan qayrilib olayotgan haydovchi O.D. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus bilan toʻqnashgan.
Hodisadan soʻng transport vositalarida boʻlgan fuqarolar avtomobil salonidan chiqarib olingan. Vafot etganlar yoʻq.
Bir ozdan soʻng avtoulovlarda qisqa tutashuv yuz berib, yongʻin kelib chiqqan. Yongʻin hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida atrofdagi boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.