Ohangaron: 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Yoʻl-transport hodisasi oqibatida "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi M.A turli xil tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizildi.

    Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu qilning 15-iyul kuni soat taxminan 10:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan, xalqaro ahamiyatga ega A373, "M39-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon-Andijon orqali Oʻsh" avtomobil yoʻlining 138-kilometrida bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi 2002-yilda tugʻilgan M.A boshqaruvidagi "Damas" va haydovchi 1996-yilda tugʻilgan M.Sh boshqaruvidagi "Jentra" rusumli transport vositalari hamda haydovchi 1969-yilda tugʻilgan Y.S boshqaruvidagi "ISUZU" rusumli yuk transport vositalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.