Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) 5 ta MCHJ rahbari bilan oʻzaro til biriktirib, oʻzining nomiga “N.I.” MCHJni tashkil qilib, hududiy tijorat banki filialidan 9 nafar fuqaroning nomiga jami 357,1 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni yuqoridagi MCHJlar orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.