Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi shu yilgi “Yashil makon“ umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan shahar maishiy chiqindilarini qabul qiluvchi poligon atrofida “Yashil belbogʻ“ barpo etilishini maʼlum qilgan edi.
Bugun ushbu chiqindi poligonining 7.48 gektar maydonida manzarali daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtirilib, bu borada ishlar boshlab yuborilgan, — deyiladi xabarda.