Bahorda 121 ta shahar va tumanlarda “Yoshlar yashil bogʻlari“ tashkil etiladi

    Bunda 50 mingga yaqin yoshlar faol ishtirok etishi belgilangandi.

    Bu haqda AOKAda Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Yoshlarda ekologik taʼlim va madaniyatni rivojlantirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar maʼlumot berildi.

    Qayd etilishicha, 2025-yil bahor mavsumida respublikamizning 121 ta shahar, tumanlarida "Yoshlar yashil bogʻlari» tashkil etilib, 300 ming dona daraxt koʻchatlari ekiladi.

    Mazkur tadbirlarda Yoshlar parlamenti aʼzolari, eko faollar, talabalar va yosh olimlar, kitobxonlar, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, jurnalist va blogerlar, sportchilar, sanʼatkorlar, yosh tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari, qariyb 50 mingga yaqin yoshlar faol ishtirok etishi belgilangan.

    Maʼlumot uchun: Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bogʻi” tashkil etildi. dastlab, yer maydonlarida sugʻorish tizimlari yoʻlga qoʻyilib, daraxt ekishga tayyorlandi. Bogʻ hududida 8,5 gektar maydonga pavloniya, oqterak, majnuntol, gilos, tut, tok, qayragʻoch kabi 7 ming tupdan ziyod daraxt koʻchatlari ekildi.