Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi” qaroriga koʻra, amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga binoan qiymati 41 milliard soʻmga ega boʻlgan qoramolchilikka asoslangan kompleksi barpo etilib, yiliga 9000 tonna sut, 86 tonna goʻsht yetishtirish koʻzda tutilgan.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, hukumatimizning yuqorida nomi qayd etilgan qaroriga binoan, 2019- 2021-yillarda tumanda qoramolchilik va qoʻy-echkichilikni rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 746 milliard 598 million soʻmga teng boʻlgan (shundan 53 million 210 ming dollari xorijiy investitsiya) 30 ta chorvachilik kompleksi (17 ta qoramolchilik, 13 ta qoʻy-echkichilik) bunyod etilishi rejalashtirilgan.